Biznes, oila va shaxsiy rivojlanish o'rtasida muvozanatni yuqori darajada saqlashga yo'naltirilgan 6 haftalik maxsus dastur.
Biz ilmlarni amaliyotga tatbiq qilish, barqarorlik, samaradorlik va shaxsiy o'sishga e'tibor qaratamiz.
"Muammo biznesda emas. Muammo — tartibning ichki kechinmalardan boshlanmaganida. Avval ichki xotirjamlik, keyin biznes."
Tadbirkor va murabbiy.

Davlat mukofotiO'zbekiston Respublikasi Prezidenti qabulida — mukofot topshirilish marosimi

Yoshlar bilan ishlash e'tirofiDavlat miqyosidagi taqdirlash marosimida

Xalqaro tashakkurnomaO'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan
Hech qanday "sirli formula" va'da qilmaymiz. Bilgan ko'p, qilgan kam — bu yerda qiladigan bo'lasiz.
Har bir mavzu so'nggi tadqiqotlar va amaliy tajriba asosida tayyorlanadi
Har bir topshiriqning bajarilishi kuzatib boriladi. Maqsad faqatgina o'rganish, bilish emas, hayotga tatbiq qilish
Har darsda sizga zarur qo'llanmalar, shablonlar, adabiyot va chek-listlar berib boriladi
Har mavzuga maxsus saralangan kitoblar va videolar ro'yxati
Saralab olingan 100 nafar yetuk tadbirkorlar va Ustoz Muhammad Ali Eshonqulov bilan bir safdagi muhit sizni o'stiradi
Niyat, vaqt, oila — biznes bilan hamnafas. Har bir ishtirokchi o'z niyatiga munosib amaliy yechimlarga ega bo'lishi uchun xizmat qilinadi
Dastur ichki poydevordan boshlanadi va amaliy boshqaruv ko'nikmalari bilan yakunlanadi. Quyida darslarda qamrab olinadigan asosiy mavzular.
Butun dasturning poydevori. Ichki xotirjamlik bo'lmasa, tashqi tartib ushlab turmaydi. Avvalo o'zingizga, niyatlaringizga va hayotdagi ustuvor narsalarga nazar tashlaymiz.
Bir avlodga emas, avlodlarga mo'ljallangan maqsad qo'yish. Shaxsiy va korporativ qadriyatlar tizimini aniqlash.
Vaqtni emas, quvvatni boshqarish. Tadbirkorning kun tartibi, energiya manbalari va chalg'ituvchi omillar bilan ishlash.
Biznes o'sgani sari oiladan uzoqlashmaslik. Halovat — muvaffaqiyatning sharti, qurboni emas.
Oliy himmat — bu dasturning markaziy tushunchasi. Kichik manfaatlardan yuksak maqsadlarga ko'tarilish.
Mol-mulkda, vaqtda va mehnatda baraka. Daromadning halolligi va ma'noga bog'liqligi.
Obro' — yillar bilan quriladigan kapital. Shaxsiy brend va kompaniya brendining uyg'unligi.
Rahbarning so'zi — uning quroli. Jamoa, hamkor va ommaga ta'sirli so'zlash san'ati.
To'g'ri odamlarni topish, ularga ishonish va ularni o'stirish. Liderlik va jamoani ruhlantirish.
Muammoga tizimli yondashuv, problem solving va to'g'ri qaror qabul qilish metodikalari.
Sun'iy intellektni biznesga xizmat qildirish — unga qul bo'lmasdan. Amaliy AI vositalari.
Resurslarni to'g'ri boshqarish, risk menejment va uzoq muddatli moliyaviy tartib.
Yuqori darajadagi muloqot: muzokara, protokol, etiket. Va yana: emotsional intellekt, qobiliyatlarni aniqlash va to'g'ri yo'naltirish.
Biz guruhni soni bilan emas, sifati bilan o'lchaymiz. Shuning uchun qabul — uch bosqichli.
Tugmani bosing va botdagi qisqa anketani to'ldiring: bizneslaringiz, maqsadingiz, niyatingiz haqida. Arizalar jamoamiz tomonidan bittalab ko'rib chiqiladi.
Saralangan ~400 nafar tadbirkor Ustozning jonli demo darsiga taklif qilinadi. Dastur, metodika va talablar bilan yaqindan tanishasiz.
Demo darsdan so'ng suhbat asosida eng mos 100 nafar tadbirkor dasturga qabul qilinadi. Mezon — daromad emas, ichki tayyorlik va himmat.
Saralashdan o'tmaganlar uchun keyingi oqimda imkoniyat saqlanadi.
Ichki xotirjamlik va aniq hayotiy tartib — niyat, vaqt, oila, biznes muvozanati
100 yillik shaxsiy strategiya: missiya, qadriyatlar va aniq maqsadlar xaritasi
Oxirigacha bajarilgan vazifalar — o'rganilgan emas, hayotga joriy etilgan bilim
Kuchli jamoa qurish va boshqarish bo'yicha amaliy tizim
Moliyaviy boshqaruv, investitsiya va risk menejment asoslari
Oliyhimmat tadbirkorlar davrasi — bir umrlik kuchli aloqalar
Yo'q. Bu — bilimlarni amaliyotga joriy qilish dasturi. Har bir dars alohida vazifalar bilan yakunlanadi va vazifaning oxirigacha bajarilishi koordinatorlar tomonidan nazorat qilinadi. Faqat motivatsiya emas — niyat, tartib, davomiylik va muhit barchasi birga.
Bu dastur shakllangan tadbirkorlar, ya'ni uzoq vaqt davomida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar uchun mo'ljallangan. Endi boshlayotganlar uchun ekotizimimizda boshqa formatlar joriy qilinsa, albatta xabar beramiz — buning uchun botda ariza qoldirsangiz, sizga maxsus xabarni yo'naltiramiz.
Yo'q, yetmaydi. Dasturning kuchi — undagi ishtirokchilarning bir-biriga yaqin fikrda ekanliklari. Saralash bosqichi aynan sizni ham himoya qiladi: yoningizda faqat jiddiy niyatli tadbirkorlar bo'ladi.
Darslar oflayn format, ya'ni jonli uchrashuvlar orqali Ustoz Muhammad Ali Eshonqulov tomonidan o'tkaziladi. Aniq jadval va manzil demo darsda hamda qabul jarayonida ma'lum qilinadi.
6 hafta davomida 6 ta modul, jami 12 ta jonli dars: 10 tasi Ustoz Muhammad Ali Eshonqulov tomonidan o'tkaziladi, 2 ta dars esa mehmon spikerlar tashrifi bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari 2 ta dars tog' safarida, tabiat qo'ynida o'tkazish niyat qilingan. Bir martalik dastur sizni to'liq o'zgartirmasa — uzluksiz hamnafaslik va muhit o'zgartiradi.
Ariza topshirish hech narsaga majbur qilmaydi. Lekin bu — o'zingizga bergan birinchi va'dangiz bo'ladi.
Saralashdan o'tish →